Heal: Shifokorni uyga chaqirish xizmati
Amerikaning Heal startapi yangi narsa ixtiro qilgani yo‘q. U aniq ravshan bo‘lgan “shifokorlar uchun Uber”ni keng ravishda tekshirmoqda. Mijozlar mobil ilovaga kirishadi va uylariga shifokor kelib, ular bilan gaplashadi, eshitadi va dorilarni yozib beradi. Rossiyadagi Doc+ ham aynan shu tizimda ishlaydi. Boshqa mamlakatlarda ham shunga o‘xshash servislar bor.
Nazariya jihatdan, xizmat narxi bino uchun ketadigan xarajatlar ko‘rsatkichi mavjud bo‘lmagani uchun pasayadi.
Amaliyotda mazkur sohaning bir necha umumiy muammolari bor. Shifokorni uyga chaqirish – kam uchraydigan holat. Ko‘pincha daromad darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 80 yoshda har kuni qayeringizdadir og‘riq sezasiz, biroq zamonaviy startapni cho‘ntak ko‘tarmaydi. 30-50 yoshda esa salomatlik shifokorga chalg‘imay, ishlash va pul topish imkonini beradi.
Umumiy yechim – bolalarga diqqatni qaratish. Ular tez-tez kasal bo‘lishadi, pul esa ota-onalarda bor. Heal bu haqida og‘iz ochmayapti. Axir bozorni toraytirishning nima keragi bor. Biroq saytdagi ilk havolalar pediatrlarga yo‘naltiradi. Lending skrinshotida esa 1,5 yoshli bola surati joylashtirilgan.
Ikkinchi noxush holat – mos keluvchi kasalliklar ro‘yxatining kamligi. Agar bari juda oddiy bo‘lsa, Doctor On Demand usulidagi video aloqaning o‘zi yetarli. Agar murakkab tahlillar zarur bo‘lsa, poliklinikaga borishga to‘g‘ri keladi. Shifokorlar eshitib, ushlab ko‘rishi kerak bo‘lgan vaziyatlar evaziga yashashga to‘g‘ri keladi. Bu esa yana bozorning qisqarishiga olib keladi.
Vanihoyat, shifokorning vaqti. Taqdimotlarda ular zamonaviy taksi haydovchilari kabi buyurtmadan buyurtmaga – qo‘shni uy tomon yugurishadi. Haqiqatda esa bunday startaplarda hali hech kim jiddiy qamrab ololmagan. Bemorlar kam, ularni mikro tumanga taqsimlashning imkoni yo‘q. Buyurtmadan buyurtmaga shifokor yarim shaharni kezib borishiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda hech narsa qilishning iloji yo‘q – yorqin kelajak va servis mashhurligi ortishini kutish lozim bo‘ladi.
Heal to‘rt yil avval dunyoga keldi. 50 million dollar sarmoyani sarfladi. 60 ming chaqiruvni o‘tkazdi. Agar ofis va maosh uchun ketgan xarajatlarga 10 million hisoblansa, startap har bir chaqiruvga borish uchun har bir joyda 700 dollarni marketing va shifokor uchun sarflayapti. Taqqoslash uchun – mijoz yoki sug‘urta uchun tashrif narxi – 99 dollar. Balki reklamalarda yana promokodlardan ham foydalanilsa kerak.
Kelajakda iqtisodiyot ommaning sodiqligi evaziga o‘nglanishi mumkin. Bola o‘n yoshga to‘lmaguniga qadar ona Heal’ni chaqiradi. Marketing uchun ham to‘lash shart bo‘lmaydi. Buyurtmalar ketma-ketligi ham ortadi, shifokor vaqtining yo‘qotilishi kamroq bo‘ladi. Narxlar ko‘tariladi. Chunki 99 dollar Amerika sharoiti uchun juda kamtarona. Bahorda startap navbatdagi raundni jalb etdi. Bu safar – 20 million dollar.
Mavzuga oid
16:29 / 11.08.2024
Amerikaliklarga sotilgan va sovetlar zavodini Moskvaga ko‘chirib ketgan kompaniya - Opel tarixi
11:34 / 06.08.2024
Los-Anjyelesda tarix yaratgan Madrimov. O‘zbek bokschisi Amerikani qanday zabt etdi?
11:35 / 03.03.2024
SSSRga qochib kelgan amerikaliklar kim edi? Ittifoq parchalangach unutilgan oila tarixi
10:19 / 01.12.2023