Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«SES» xodimlarining vakolatini kengaytirish masalasi Senatda ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiyev Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlarining vakolat doirasini kengaytirilishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Bu masala Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari va Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishida muhokama etildi. Shu va undan tashqari barcha masalalar ochiq aytilib, DSENM bosh shifokori ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda masalalarga yechim izlandi.
Bu joyda ko‘p kamchilik bor, albatta qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar e'tibor bilan o‘rganilmoqda. Bu sohada ijobiy yangilik kutilyapti», deydi senator Bahodir Tojiyev.
Gap shundaki, 6 avgust kuni «Kun.uz» saytida «Andijon «Jahon bozori»ga «SES» borib turarmikan?..» sarlavhada maqola e'lon qilinishi bilan ushbu sohada mavjud huquqiy kamchilik ham yuzaga chiqqandi. Ya'ni, «Andijon Jahon savdo kompleksi» AJ hududida sanitariya holati yomon ahvolda ekanligi DSENM xodimlariga ham ma'lum bo‘la turib, bu masala bilan jiddiy shug‘ullanishga ularning vakolati yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 1509ta savdo nuqtasi, 15ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 7ta hojatxona va bozor ma'muriyati binosi joylashgan «Andijon Jahon buyum bozori» AJ hududida tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan amaldagi sanitariya qoida va me'yorlariga javob bermaydigan faoliyat yuritish, umumiy ovqatlanish obektlaridagi salbiy holatlar, noqonuniy savdo do‘konlari va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026