Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sportchi» lavozimiga qo‘yiladigan talablar tasdiqlandi
Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘i bilan «Sportchi» lavozimiga qo‘yiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«Sportchi» lavozimiga qo‘yiladigan talablar, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, «sportchi» lavozimi Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarining shtat jadvallarida nazarda tutiladi.
Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida «sportchi» lavozimi bo‘yicha shtat birliklari soni sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalarining a'zolari sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish, yuqori natijalarga erishish, O‘zbekiston Respublikasini xalqaro miqyosda yuqori o‘rinlarga ko‘tarish, shuningdek sport turlari bo‘yicha sport mutaxassislari o‘rtasida kasbiy tajriba almashish «sportchi» lavozimining asosiy vazifalari hisoblanadi.
«Sportchi» lavozimiga qabul qilish uchun qo‘yidagi talablar qo‘yiladi:
tanlagan Olimpiya sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi, doimo o‘zining sport mahoratini oshirib borishi va sport tadbirlarida qatnashishi;
Respublika oliy sport mahorati maktablari yoki ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarining birida shug‘ullanishi;
Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidagi sportchi bo‘lishi;
tanlagan Olimpiya sport turlari bo‘yicha tegishli sport unvonlari yoki sport razryadlariga ega bo‘lishi.
«Sportchi» lavozimidagi sportchining majburiyatlari:
sport rejimiga, intizomga amal qilish;
ommaviy sport tadbirlarini tashkillashtirishda yordam berish, shuningdek qatnashish;
sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazilishiga ko‘maklashish;
kasbiy kasallik va sport jarohatining oldini olish maqsadida majburiy davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tish;
musobaqa qoidalariga asosan taqiqlangan uslublardan, shuningdek sun'iy stimulyator — doping va boshqa taqiqlangan vositalardan foydalanmaslik.
Sportchilar O‘zbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidan chiqarilgan taqdirda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi. Bunda u faqat «sportchi» lavozimidan ozod qilinadi, biroq sportchi shug‘ullanayotgan sport maktabida shug‘ullanishini davom ettirishi mumkin.
«Sportchi» lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 iyuldagi 235-son «Byudjyet tashkilotlarida ishlaydigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning kasblari va lavozimlari bo‘yicha tarif razryadlarini tasdiqlash haqida»gi qarori asosida va tegishli hududlarda rayon koeffitsiyentini qo‘llagan holda ish haqi to‘lanadi.
«Sportchi» lavozimiga ustamalar sport maktablari rahbari tomonidan Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida va boshqa sport musobaqalarida erishgan natijalaridan kelib chiqib, sport maktabi trenerlar kengashining qaroriga asosan ularning lavozim ish haqiga nisbatan moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi doirasida belgilanadi.
«Sportchi» lavozimiga Byudjyet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 177, 1995 yil 20 sentabr) muvofiq ustamalar beriladi.
Bunda, sport musobaqalarida yuqori yutuqlarga erishganlik uchun lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning ko‘pi bilan 50 foizi miqdorida shaxsiy ustamalar berilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026