Iqtisodiyot | 14:47 / 13.08.2018
57529
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sdi

Foto: iStock

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 14 avgustdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 7,15 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 7790 so‘m 20 tiyinga teng bo‘lib turibdi. 

Rossiya rubli kursi 7,89 so‘mga tushgan va 1 rubl 115,07 so‘mga teng.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta O‘zbekiston birjasida dollar haftani o‘sish, yevro pasayish bilan yakunlagandi.

Mavzuga oid