Özbekiston Markaziy banki AQŞ dollariing sömga nisbatan rasmiy qiymatini 27 noyabr uçun 11 881 söm deb belgiladi.

Bu – 2023 yil 10 avgustda röy bergan keskin devalvatsiyadan keyingi davr uçun yangi minimum körsatkiç. Öşanda kurs bir kunda 408 sömga kötarilib, 11 667 sömdan 12 075 sömga yetgandi.

26 noyabr kuni tijorat banklaridan AQŞ dollarini 11 940 sömdan boşlanadigan kurslarda sotib oliş mumkin böldi. Banklar tomonidan Amerika valutasini xarid qilişning eng qimmat kursi esa 11 890 sömni taşkil etdi.

Yilning ilk kunida amalda bölgan Markaziy bankning rasmiy kursi 12 920 söm edi. Şundan beri dollar 1039 sömga arzonlaşib, milliy valutaning qadri 8 foizga mustahkamlandi.

Avvalroq, S&P xalqaro reyting agentligi özbek sömining dollarga nisbatan kursi keyingi yillar davomida quyidagiça bölişi mumkinligini prognoz qilgandi:

  • 2026 yilning oxirida – 12 592 söm;
  • 2027 yilning oxirida – 13 158 söm;
  • 2028 yilning oxirida – 13 751 söm.

Sömning dollarga nisbatan kursini aniq prognoz qiliş juda murakkab, çunki bu köplab omillarga boğliq. Xususan, Özbekistonda iqtisodiy ösiş yaxşi bölsa, sömning dollarga nisbatan qadrsizlanişi sekinlaşadi. Aksinça, mamlakatda inflatsiya darajasi oşib ketsa, sömning qadri pasayadi. Taşqi savdoda eksport-import balansi ham milliy valuta qiymatining şakllanişida muhim ahamiyat kasb etadi.