Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB mobil radarlarning 15 avgust kungi joylashuvi haqida ma'lumot berdi
14 avgust kuni shaharning 5ta hududida o‘rnatilgan tezlikni qayd etuvchi mobil radarlar tomonidan jami 210 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Bugun ushbu radarlar quyidagi manzillarda «xizmat» ko‘rsatmoqda:
Mirzo Ulug‘bek tumani, T. Malik ko‘chasi, Toshkent viloyati IIB YHXB oldida, soat 9.00dan;
Yashnobod tumani, Ohangaron shoh ko‘chasi, Ipoteka banki yonida, soat 11.00dan;
Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasi, «Fregat» kafesi yonida, soat 14.00dan;
Kichik halqa yo‘li - Qushbegi ko‘chasi, 1-uy oldida, soat 16.00dan;
Mirobod tumani, Kichik halqa yo‘li, 83-umumta'lim maktabi oldida, soat 18.00dan.
Yo‘l harakati qoidalarining 78-bandiga muvofiq, aholi punktlarida avtomobil tezligini soatiga 70 km.dan, aholi turar joylari va unga tutash yo‘llarda esa soatiga 30 km.dan oshirish mumkin emas.
Tezlikni belgilangan me'yordan oshirgan haydovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 128-3 -moddasiga ko‘ra, qoidabuzarlikning darajasiga qarab EKIHning 1 baravaridan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishgacha bo‘lgan choralar qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
10:07 / 04.09.2025
Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi
13:27 / 02.09.2025
IIB Navoiyda kaltaklangan fuqaro bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritdi
15:49 / 18.07.2025
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan radarlar ro‘yxati ochiqlandi
15:21 / 17.06.2025