«Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga «ma’muriy ogohlantiriş» jazo çorasini kiritiş va ijtimoiy xavfliligi kam bölgan yöl harakati xavfsizligi bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun ogohlantiriş jazosini qöllaşni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda avtomatlaştirilgan foto va videovositalari yordamida qayd etiladigan huquqbuzarliklar aniq sanab ötilmoqda. Xususan, ular MJTKning 13 ta moddasida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar bölib, quyidagilardir:
– xavfsizlik kamarini taqmaslik, davlat raqamini yeçib olib boşqariş hamda tegişli bölmagan raqamni taqib oliş;
– transport vositalarini trotuarlardan, velosiped yölkalaridan, yaşil maydonlardan yurgiziş, yöl belgilari talablariga rioya etmaslik;
– boşqariş vaqtida telefondan foydalaniş;
– tezlikni oşiriş;
– svetoforning taqiqlovçi signaliga rioya qilmaslik, töxtaş çiziğini bosib ötiş;
– maxsus transport vositalariga xalaqit beriş, avariya holatini yuzaga keltiriş, yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqiş;
– töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buziş;
– avtobuslar uçun ajratilgan tasmada harakatlaniş;
– quvib ötiş qoidalarini buziş;
– yöl bezoriligi;
– guruh bölib harakatlanişda qatnaşiş;
– temiryöldan ötiş qoidalarini buziş;
– transport vositalarini boşqariş huquqi bölmagan şaxs boşqarişi.
Mazkur huquqbuzarliklar bevosita radarlar orqali qayd etiladi.
Şu bilan birga, yöl çiziğini (polosa) bosganlik kamera orqali qayd etilmaydi.
Şuningdek, endi agar kamera va radarlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uçun qaror bir oydan keçiktirib çiqarilgan bölsa, jarima qöllanmaydi.
Qonunçilik palatasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi raisi Jahongir Şirinovning qayd etişiça, qonun loyihasi bilan taklif etilgan muhim yangiliklardan biri –












