Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pora so‘ragan soliqchiga hukm o‘qildi
Joriy yilning 6 avgust kuni jinoyat ishlar bo‘yicha Toshkent shahar Bektemir tuman sudi tomonidan B. Utamurodov raisligida ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ayblanuvchi N.N. ustidan 210-moddasi 1-qismi bo‘yicha (Pora olish) jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Ma'lum bo‘lishicha, N.N. 2017 yil 26 sentabr oyidan Sergeli tuman Davlat soliq inspeksiyasi Soliq qarzini undirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Ayblanuvchi o‘zining vakolatlaridan qasddan foydalanib, shu yilning 18 iyun kuni fuqaro S.G. ni davlatdan bo‘lgan 6.795.360 so‘m soliq qarzdorligini bartaraf etib, S.G. foydasiga ijobiy hal etib berish evaziga 500 AQSh dollari miqdorida pora berishni talab qilgan.
Masala yuzasidan fuqaro S.G. ning arizasiga binoan 2017 yil 19 iyun kuni soat 17:30 larda Toshkent shahar prokuraturasi va IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ayblanuvchi N.N. fuqaro S.G. dan 500 dollar olayotganligi vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Sud majlisida ayblanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.
Sud uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 1-qismi bilan (pora olish) aybdor deb topib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi va ayblanuvchi mansabdor shaxs bo‘lganligi sababli Jinoyat kodeksi 45-moddasini (muayyan huquqdan mahrum qilish) qo‘llab, 2 yil muddatga soliq idoralarida va mansabdorlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Jazoni o‘tash 19 iyun kunidan hisoblanishi va jazoni manzil koloniyalarda (ozodlikdan mahrum qilishning eng yengil koloniyasi) o‘tash belgilandi.
Mavzuga oid
14:04 / 20.02.2026
Sud qarorlari ijrosini to‘xtatish tartibi qat’iylashtirilishi mumkin
21:19 / 13.02.2026
Li 9 va BYD to‘qnashuvi: Toshkent sudlari yana shov-shuvli ish markazida
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
21:06 / 29.01.2026