O‘zbekiston | 16:52 / 15.08.2018
9150
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligida “tezkor aloqa”: u nima?

Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefoni” – 1003 tarkibida kunu-tun faoliyat ko‘rsatuvchi “tezkor aloqa” tarmog‘i Respublika Perinatal markazida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri perinatal markazlarida ishga tushirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Ushbu “tezkor aloqa”ning asosiy maqsadi real vaqt rejimida qizlar va ayollarga sifatli tibbiy maslahatlar berish, oilada notinch holatlar yuzasidan ayollar tomonidan bildirilgan murojaatlarga ko‘ra oilani saqlab qolishga doir tegishli maslahatlar berish, reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya yuzasidan aholi bilimi va madaniyatini oshirishga qaratilgan hamda qizlar va ayollarning murojaatlarida ko‘tarib chiqilayotgan masalalarni tahlil qilish, umumlashtirish va sohaga oid tizimli muammolarning oldini olish borasida tegishli tashkilotlarga takliflar kiritishdir.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Mazkur sa'y-harakatlar 14 millionga yaqin ayollarimiz va qizlarimizga samarali akusher-ginekologik xizmati hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Eng muhimi, yuqori malakali tibbiy yordam kafolatlangan holda amalga oshiriladi va bu boradagi faoliyat davom ettiriladi.

Mavzuga oid