Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda giyohvandlik moddasini 12 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Narkotrafik va giyohvand moddalarni qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirni amalga oshirdi.
Ma'lum qilinishicha, Asaka tumanida istiqomat qiluvchi M.K. hamda uning jinoiy sherigi sifatida ko‘rilayotgan S.B. kuchli ta'sirga ega 927 gramm og‘irlikdagi opiy giyohvand moddasini xolis xaridorga sotayotgan payti qo‘lga olindi. Salkam 1 kg og‘u 12 ming AQSh dollariga baholangan bo‘lib, hozirda ushbu ish yuzasida tergov harakati davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ikki hafta avval “Qoradori 2018” tadbiri davomida fuqaro T.Sh. Toshkent shahrining Sergeli tumanida 7 kilogramm 258 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini olib ketayotganida qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026