Barcha fermer va dehqon xo‘jaliklari yagona elektron bazaga kiritiladi

Foto: Norma.uz
Vazirlar Mahkamasining 10.08.2018 yildagi 645-son qarori bilan qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Yagona elektron axborot markazi (Markaz) tashkil etilmoqda, deb yozadi Norma.
U Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda faoliyat yuritadi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilangan:
• kontraktatsiya shartnomalari, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratilgan kreditlar, fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilgan resurslarning monitoringini yuritish;
• fermer xo‘jaliklariga mineral o‘g‘itlar, YoMMni yetkazib berishning kafolatlangan hajmlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning elektron bazasini yuritish;
• tuman hokimining ekin yerlarini uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risidagi qarori, yer ijara shartnomasi, kontraktatsiya, xizmat ko‘rsatish shartnomalari reyestrini yuritish va h.k.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, «O‘zpaxtasanoat», «O‘zdonmahsulot», «O‘zagrokimyohimoya», «O‘zneftmahsulot», «O‘zagrotexsanoatxolding», «Agrobank», Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, viloyatlar hokimliklari tuzilgan shartnomalar, ajratilgan kreditlar to‘g‘risidagi barcha zarur axborot Markazga taqdim etilishini ta'minlaydi.
Shuningdek qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun Markaz doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining elektron savdo maydonchasi bepul tashkil etiladi.
Joriy yil 1 oktabrga qadar fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi korxonalarining yagona elektron bazasi shakllantiriladi (STIR va kontur kesimida) hamda uning tizimli yangilanib borilishi ta'minlanadi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonalari Markaz tizimi orqali elektron ish yuritishga to‘liq o‘tadilar. Hujjatlar elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlanadi.
Qishloq xo‘jaligiga AKTni joriy etish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Uning asosiy yo‘nalishlari:
• yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, uning hajmlari va turlari to‘g‘risida yagona elektron ma'lumotlar bazasini yaratish;
• qishloq xo‘jaligi sohasida agroonline.uz (Qishloq xo‘jaligi vazirligi), oziq-ovqat.uz («O‘zbekoziqovqatxolding»), agromart.uz (Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi) singari milliy veb-saytlar ishini takomillashtirish;
• tayyorlovchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birja savdolarida elektron axborot tizimlari yordamida sotib olishlarini ta'minlash.
Hujjat 11.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

15:26 / 01.02.2025