Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maxsus aviatsiya ishlari» aviakompaniyasi asosiy aerodrom topshirilganidan keyin ham o‘z ishini davom ettiradi
“Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi odatiy rejimda o‘z ishini davom ettirmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiriga “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK xabar berishdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasining Toshkent shahar, Sergeli tumani, Rayhon ko‘chasida joylashgan binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmasini ularga tutash 101,64 gektar maydon bilan birgalikda keyinchalik topshirilayotgan obektlar negizida “Industrial park” kichik sanoat zonasini tashkil etish sharti bilan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida Toshkent shahar hokimligiga beg‘araz berildi.
“Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportiga o‘tadi. Yopilish haqida gap bo‘lmagan. Kompaniya ishini davom ettirmoqda”, - deya xabar berishdi Kun.uz muxbiriga milliy aviakompaniyadan.
“Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida 1997 yil tashkillashtirilgan. AN-2 samolyotlarining yo‘lovchi, transport va qishloq xo‘jalik variantlaridagi parkiga egalik qiladi. Samolyot parklari Nukus, Urganch aeroportlari va “Sergeli” aerodromida joylashgan. AN-2 samolyotlaridan respublika qishloq xo‘jaligida don ekinlarini oziqlantirish bo‘yicha, qishloq xo‘jalik zararkunandalari va chigirtka bilan kurashish, shuningdek paxtani defoliatsiya qilishda aviakimyo ishlarini o‘tkazish uchun foydalaniladi. Har yili havodan turib 150 ming gektargacha ishlov beriladi. AN-2 samolyotlaridan boshqa maqsadlarda ham foydalaniladi. 15 yildan ortiq yangi texnologiyalardan foydalangan holda turli xil vazirliklar va mahkamalarning buyurtmalari bo‘yicha aerofotos'yomka parvozlari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
17:50 / 21.04.2026
Etihad Airways avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
20:36 / 30.12.2025