Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston olimpiya termasining Qatarga qarshi o‘yin uchun tarkibi ma'lum
Bugun, 16 avgust kuni Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi turda Qatar vakillariga qarshi maydonga tushadi. Ayni vaqtda terma jamoaning ushbu o‘yin uchun tarkibi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Tribuna.uz`ning Jakartadagi muxbiri xabar bermoqda.
O‘zbekiston OTJ: 1. Botirali Ergashev, 5. Abbos Otaxonov, 20. Doston Tursunov, 2. Rustam Ashurmatov, 4. Akrom Komilov, 14. Ikrom Aliboyev, 7. Odil Hamrobekov, 17. Doston Hamdamov, 10.Javohir Sidiqov, 6. Jaloliddin Masharipov, 9. Zabihullo O‘rinboyev.
Qatarga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da (mahalliy vaqt bilan soat 19:00) boshlanadi.
Sport TV Qatarga qarshi o‘yinni jonli translyatsiya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa birinchi turda Bangladeshni 3:0 hisobida taslim etgandi. Qatar esa birinchi turda Tailand bilan durang qayd etgan.
Mavzuga oid
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
22:14 / 31.10.2025
Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
18:16 / 31.10.2025