Sport | 16:50 / 16.08.2018
10443
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston OTJning guruhdagi eng muhim o‘yini oldidan fotogalereya

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi 2-tur bahsida Qatar olimpiyachilariga qarshi maydonga tushadi.

Ravshan Haydarov shogirdlari guruhdagi dastlabki turda Bangladesh ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan, Tailand-Qatar o‘yinida esa durang (1:1) qayd etilgandi. Ayni paytga kelib, raqiblarimiz o‘zaro 2-tur bahsini yakunlashdi. Bangladesh – Tailand o‘yinida ham 1:1 hisobi qayd etilgan.

Demak, agar bugun O‘zbekiston termasi g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, 6 ta guruhdan 1-2-o‘rinlarni egallagan 12 ta terma to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga chiqsa, 3-o‘rin sohiblaridan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 4 jamoa ham pley-off ishtirokchisi bo‘ladi.

Fotomuxbirimiz Jakartadagi «Pakansari» stadionidan o‘yin oldi fotogalereyasini tayyorladi.

Mavzuga oid