Jamiyat | 18:16 / 16.08.2018
9222
6 daqiqa o‘qiladi

“Vatanparvar” tashkilotining Qashqadaryo viloyati tashkilotida zamonaviy texnika vositalaridan foydalanilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2018 yil 15 avgust kuni O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qashqadaryo viloyati tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tomonidan ushbu qaror ijrosi yuzasidan o‘quv amaliy seminar tashkil etildi. 

Foto: Vatanparvar

Seminarda qarorda belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar “Vatanparvar” tashkilotining Qashqadaryo viloyati tashkiloti tasarrufidagi o‘quv tashkilotlari rahbarlari hamda seminar ishtirokchilariga amaliy, ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatib, tushuntirib o‘tildi.

Foto: Vatanparvar

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi № 408-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat tashkiloti tasarrufidagi o‘quv tashkilotlarda quyidagi ishlar amalga oshirildi:    

-“Vatanparvar” tashkilotining Qashqadaryo viloyati tashkiloti tasarrufidagi o‘quv tashkilotlarda 94 ta o‘quv xonalari mavjud bo‘lib, shundan:

-38 ta yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari o‘quv xonasi;

- 20 ta yuk avtomobillarni tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish o‘quv xonasi; 

-18 ta yengil avtomobillar tuzilishi o‘quv xonasi;

-18 ta yakuniy imtihon xonalari.

Tasarrufdagi tashkilotlarning yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari o‘quv xonalariga videoproyektorlar, audio-video kuzatuv kameralari, tibbiy dori qutisi, yong‘inga qarshi vositalar, o‘qituvchi uchun metall negizidagi turli xil chorrahalar va serqatnov maydon tasvirlari, yo‘l belgilarining magnitli maketlari to‘plami davlat talablari asosida o‘rnatildi.    

Ta'lim jarayonining yuqori samaradorligini ta'minlash, ta'lim oluvchilarda tashabbuskorlikni, ijodiy qobiliyatni va mustaqil izlanishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish maqsadida o‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlaridan, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foylanilgan holda ta'lim berish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib o‘quv tashkilotlarida zamonaviy, yangi avtotrenajyorlar (avtosimulyator) xarid qilinib, ta'lim oluvchilarning bilim ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashda xizmat qilmoqda. Bu esa davlat ta'lim standartlariga va xalqaro ta'lim standartlari talablariga to‘la mos keladi.

Foto: Vatanparvar
Foto: Vatanparvar
Foto: Vatanparvar
Foto: Vatanparvar

Yuk va yengil avtomobillarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish o‘quv xonalari videoproyektorlar, audio-video kuzatuv kameralari, tibbiy dori qutisi, yong‘inga qarshi vositalar va ko‘rgazmali qurollar davlat talablari asosida jihozlandi.  

Yakuniy imtihon xonalari 13 donadan kompyuter jamlanmasi bilan ta'minlanib, yagona test dasturlari o‘rnatildi va yakuniy test sinovlarining oshkoraligini ta'minlash uchun jarayonni yozib olish maqsadida har bir tashkilot audio-video kuzatuv tizimlari bilan jihozlandi.

Foto: Vatanparvar

Viloyat bo‘yicha barcha o‘quv tashkilotlari 249 dona kompyuter jamlanmasi bilan ta'minlangan. Shu bilan birga 83 dona markerli doskalar, 76 dona videoproyektorlar, 144 dona kuzatuv kameralari bilan jihozlandi. 

Tasarrufdagi o‘quv tashkilotlarda ma'muriy binolari va 94 ta o‘quv xonalariga hududiy sanitariya-epidomiologiya nazorati organlari tomonidan tekshirilib, sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq xulosalar berildi. 

Tasarrufdagi o‘quv tashkilotlarda ma'muriy binolarida, avtosaroylarda, 94 ta o‘quv xonalarida hududiy Yong‘in xavfsizligi organlaridan yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq ogohlantiruvchi tovushli moslama, tashkilotlar hududida suv havzalari qurilib, yong‘in xavfsizligi burchagi talab darajasida jihozlanib xulosalar olindi;    

Hozirgi kunda “Vatanparvar” tashkilotining Qashqadaryo viloyati tashkiloti tasarrufidagi o‘quv avtomobillar jami bo‘lib 238 donani tashkil qiladi. 

Tasarrufdagi 14 ta o‘quv tashkilotlarida avtodrom mavjud bo‘lib Vazirlar Mahkamasining 408-sonli qarori talablariga muvofiq qiyaligi 16 foizdan kam bo‘lmagan nishablikka ega bo‘lgan balandlik uchastkasi, qayrilib olish uchastkasi, ilon izli yo‘l uchastkasi, piyodalar o‘tish joylari, chorrahalar, temir yo‘l kesishmalari, yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari va svetoforlar bilan to‘liq jihozlanib, ta'lim oluvchi (tinglovchi)ning o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarda ko‘zda tutilgan amaliy mashqlarning to‘liq bajarishini ta'minlaydi.

Foto: Vatanparvar
Foto: Vatanparvar

O‘quv seminarda qarorda belgilangan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimidagi pedagog kadrlar va avtomobilni boshqarishni o‘rgatuvchi ustalar tarkibini tanlab olishda belgilangan mezonlar bo‘yicha amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i Q.Normuhammedov tomonidan alohida e'tibor berilishi ta'kidlab o‘tildi.  

Foto: Vatanparvar
Foto: Vatanparvar
Foto: Vatanparvar

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid