Marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari M.Hamroyev, 28803-sonli harbiy qism askarlari, milliy gvardiya, harbiy orkestr hamda “Vatanparvar” tashkilotining barcha shahar tuman tashkilotlari qatnashdi.

Mazkur chempionatni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish, yoshlarni seksiya va to‘garaklarga faol jalb etishdir. Qolaversa, bu kabi tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiya topishi, sportning texnik va amaliy turlarini mukammal o‘rganishiga xizmat qiladi.

Chempionat natijasiga ko‘ra, 1-o‘rin Toshkent viloyati jamoasiga, 2-o‘rin Toshkent shahri jamoasiga hamda 3-o‘rin Namangan viloyati jamoasiga nasib qildi. Musobaqada barcha viloyatlardan jami 16 ta jamoa ishtirok etib, 100 nafardan ortiq sportchilar kuch sinashdi.

Darvoqe, 2020 yilda pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda 4 ta klub, 7 ta tuman-shahar, 5 ta viloyat va 3 ta respublika musobaqalari o‘tkazildi. Buxoro viloyati terma jamoalari 11 ta respublika musobaqalarida qatnashdi. Barcha musobaqalarga 1395 nafar sportchilar qamrab olindi.

Ma'lumot o‘rnida aytish lozimki, “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro viloyat kengashi tasarrufidagi o‘quv sport texnika klublarida ommaviy kasbdagi xodimlarni tayyorlash hajmi yildan yilga ortib bormoqda. O‘quv sport texnika klublari hamda viloyat texnik va amaliy sport turlari markazida “A”, “B", toifali avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va “B” dan “BC”ga va “CE” toifalar bo‘yicha qayta tayyorlash ishlari sifatli tashkillashtirilgan. 2020 yilda 14088 nafar haydovchilikka nomzodni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Buxoro shahar o‘quv sport texnika klubi tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun 4,5x6,5 hajmdagi ko‘chma elektrlashtirilgan aholi yashaydigan hudud maketi tashkil qilindi. Buxoro tumani va Qorako‘l tumani o‘quv sport texnika klubi tomonidan umumta'lim maktabida YHQ bo‘yicha sinf xonasi “Piyodalar shaharchasi” ishga tushirildi.