O‘zbekiston | 18:46 / 17.08.2018
4574
2 daqiqa o‘qiladi

Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Hujjat bilan Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha sinov loyihasini amalga oshirishga rozilik berildi.

Tashkil etilayotgan reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining asosiy yo‘nalishi etib jismoniy yoki aqliy rivojlanishda turli buzilishlarga ega bolalarga maktabgacha ta'limni olishda maqsadli yordam ko‘rsatish, ularni reabilitatsiya qilish va kognitiv imkoniyatlariga muvofiq sog‘lomlashtirish.

Hujjat bilan reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining vasiylik kengashi tashkil etildi. 

Obekt qurilishi uchun Nukus shahridagi “Nur” MFY hududidan yer uchastkasi ajratiladi. Qayd etilishicha, ixtisoslashtirilgan muassasa 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘ladi.

Obekt 2018 yilning 1 dekabr kuniga qadar qurib bitkaziladi va foydalanishga topshiriladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid