Iqtisodiyot | 16:08 / 17.08.2018
6243
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Tojikistonga 1 mln dollarlik dori-darmon va qurilish materiallari yetkazib beradi

Foto: Tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumida tomonlar umumiy qiymati 103,3 mln AQSh dollariga teng 11ta bitimni imzoladi.

Xususan, Tashqi savdo vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Tojikistonga 1 million dollarlik dori-darmon va qurilish materiallarini yetkazib beradi. 

Dentasill Plyus «Tib baroi Shumo» bilan 500 ming dollarlik dori-darmon yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi.

Bundan tashqari, «O‘ztreyd» Tojikistonga 500 ming dollarlik qurilish materiallarini eksport qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid