Bektemir tumanida o‘tgan umumxalq xayriya hasharida 16 mingdan ziyod fuqaro qatnashdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 avgustdagi 649-f-sonli Farmoyishiga muvofiq mamlakatning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e'lon qilingan hamda 18-19 avgustda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur farmoyish ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent shahrining Bektemir tumanida 18 avgust kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Hasharda tumandagi barcha korxona, tashkilot, boshqarma, o‘rta-maxsus ta'lim muassasalari, maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari, mahallalardan jami 16.515 ming xodim va fuqaro ishtirok etdi, shundan 9.683 nafari yoshlarni tashkil etdi. Hashar davomida tumandagi barcha 12 ta mahallada obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borildi.
Jami obodonlashtirilgan maydon 52,0 ga. teng bo‘lib, 8.910 ta daraxtga shakl berildi va oqlandi. Hashar yo‘li bilan tumandagi 2 ta kam ta'minlangan oilaning uyi ta'mirlab berildi. Jami bo‘lib 102,0 tonna maishiy va qurilish chiqindilari olib chiqib ketildi. Hasharda 100 dan ortiq og‘ir texnika yordamidan foydalanildi.
Jumladan, mahalla aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar va binolar, masjid, qabriston, ariqlar, ko‘cha va bolalar maydonchalari tartibga keltirildi.
Mavzuga oid
08:23 / 20.08.2024
O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
21:40 / 19.04.2024
Toshkent aholisi Bektemir tumanidagi ko‘chalarga nom berishda ishtirok etishi mumkin
14:25 / 06.04.2024
Hashar bahona tashkilotlar xodimlarining bir kunlik ish haqi ushlab qolinyapti. Bu qonunga zid
18:59 / 11.03.2024