Xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konventsiyasi nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish bo‘yicha ma'lumot berildi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan xorijiy avtotashuvchilarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konventsiyasi nizomlaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, tashuvchi DBQ qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi hollarda Konventsiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin:
a) xalqaro yo‘llarda tashish (keyingi o‘rinlarda XYT deb ataladi) tartibi buzilganligi munosabati bilan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha majburiyatini bajarmaslik;
b) quyidagilarda ifodalanadigan Konventsiya nizomlarining bir necha bor buzilishi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligi talablariga rioya qilmaslik:
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarning noqonuniy olib o‘tilishida;
bojxona nazoratidagi tovarlarni, O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan yetkazib berish joyiga yetkazmaslikda, bojxona organlari ruxsatisiz bojxona nazoratidagi tovarlarni boshqa shaxslarga berib yuborishda yoki ularni yo‘qotishda;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan bojxona organlari tomonidan chiqarib yuborilishiga ruxsat berilgan tovarlarning ishlatilishida va (yoki) ularga egalik qilishda;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan muddatlarda xalqaro tashuvdagi transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketmaslikda.
Quyidagi hollarda hududiy bojxona boshqarmalari uch kun muddatda tashuvchini O‘zbekiston Respublikasi hududida Konventsiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi bo‘yicha DBQga takliflar yuboradi:
bojxona organlari tomonidan XYT tartibi buzilganligi munosabati bilan bojxona to‘lovlari undirilishi bo‘yicha qaror qabul qilingan sanadan o‘ttiz kalendar kuni o‘tgandan so‘ng tashuvchi tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lash majburiyati bajarilmaganda;
tashuvchi va (yoki) uni vakolatli shaxsiga nisbatan ma'muriy jazo qo‘llash bo‘yicha qaror yoxud tashuvchining vakolatli shaxsiga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha qaror qonuniy kuchga kirgandan so‘ng (keyingi o‘rinlarda sud qarorlari deb ataladi), agar bunday sud qarorlari ijro etilmagan taqdirda.
Tashuvchilarda DBQning qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida Konventsiya nizomlaridan foydalanish huquqi tiklanishi mumkin:
a) ushbu huquqdan mahrum qilish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan quyidagi hollarda:
bojxona to‘lovlari to‘lanishi yoki ularni undirish majburiyatining bajarilishi;
tashuvchi yoki uning vakolatli shaxsini O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topish to‘g‘risidagi sud qarorining belgilangan tartibda bekor qilinishi;
tashuvchi yoki uning vakolatli shaxsini ma'muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorning ijro etilishi;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududida Konventsiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin bo‘lgan bojxona qonunchiligining boshqa buzilish holatlarining mavjud emasligi.
Mavzuga oid
13:40
O‘zbekistonda XMTning Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risidagi konvensiyasi ratifikatsiya qilindi
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024