Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotolavha: Qurbon hayit bayrami arafasida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida obodonlashtirish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yetti yilligi hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan tashkil qilingan umumxalq hasharida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etdi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Baxmal, Shahrisabz, Kitob, Farg‘ona, Andijon, Buxoro hamda Jizzax tumanlaridagi qadimiy qadamjolar, 20dan ortiq qabristonlarda obodonlashtirish ishlari bajarildi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolajonlar holidan xabar olindi, bayram munosabati bilan ularga sovg‘a-salomlar ulashildi.
Qabristonlar ichidan joy olgan minglab daraxtlar va o‘nlab kilometr yo‘l chetlari oqlandi. Ariqlar tozalanib, suvning oqishiga xalaqit berayotgan chiqindilar olib chiqildi. Imom-xatiblar boshchiligida o‘lganlar haqqiga duolar o‘qildi.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026