Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiya bilan jahon vitse-chempioni bo‘lgan futbolchi jiddiy xastalik tufayli faoliyatini to‘xtatdi
«Milan» chap qanot himoyachisi Ivan Strinich futbolchilik faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Klub rasmiy saytida futbolchining sog‘ligida jiddiy muammo yuzaga kelgani ma'lum qilingan.
31 yoshli xorvatiyalik futbolchi shu yozda «Napoli»dan erkin agent maqomida Milanga kelgandi. U o‘tgan mavsumni «Sampdoriya»da ijara asosida o‘tkazgandi.
Shifokorlar tibbiy ko‘rik vaqtida Strinichda yurak mushaklari gipertrofiyasi boshlanganini aniqlashgan.
Futbolchi yana bir necha tekshiruvlardan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Hozircha unga sportning har qanday turi bilan shug‘ullanish taqiqlangan.
Strinich vaqtinchalikka futbolchilik faoliyatini to‘xtatgan.
Rossiyadagi jahon chempionatida Strinich Xorvatiya terma jamoasi safida 6 o‘yinda maydonga tushgan va vitse-chempionga aylangandi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
09:41 / 06.04.2026
Xorvatiya o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun eshiklarni ochishi mumkin
11:15 / 17.02.2026
Vengriya va Slovakiya Xorvatiyadan Rossiya neftini yetkazib berishni so‘ramoqda
12:07 / 17.01.2026