Özbekistonni rivojlantirişning zamonaviy bosqiçida keng kölamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş, davlat boşqaruvining mutlaqo yangi va samarali tizimini yaratiş Adliya vazirligining asosiy maqsadlaridan biriga aylandi.
Prezidentning 2018 yil 13 apreldagi «Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillaştirişga doir taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, vazirlik tuzilmasida Davlat boşqaruvi tizimi samaradorligini tahlil qiliş boşqarmasi taşkil etildi.
Uning asosiy vazifasi — sohada tegişli islohotlarni amalga oşiriş böyiça asosli takliflar işlab çiqqan holda, davlat boşqaruvi tizimi samaradorligini kompleks va tanqidiy tahlil etiş hisoblanadi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida Adliya vazirligi tomonidan Özbekiston Respublikasi avtomobil yöllari davlat qömitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş Davlat inspeksiyasi faoliyatini örganiş orqali yöl xöjaligida davlat boşqaruvi tizimi samaradorligi tahlil etildi. Tahlil natijalari Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi, amaldagi qonunçilikka zid bölgan hamda tarmoqni jadal rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan izçil kamçilik va muammolar mavjudligini körsatdi.
Xususan, avtomobil yöllari davlat qömitasi respublikamizda yöl xöjaligi sohasida yagona texnik siyosat yurituvçi davlat boşqaruv organi hisoblanadi va ayni paytda avtomobil yöllarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş işlarini amalga oşiradi. Qömitada işlab çiqariş jarayonlari konsentratsiyalaşgan.
Ta'kidlaş joizki, davlat tartibot va xöjalik funtsiyalarining birlaşuvi hamda bitta organda buyurtmaçi, pudratçi va nazoratçi vakolatlarining konsentratsiyasi mazkur sohada raqobatning butunlay çeklangani belgisi hisoblanadi va yöl tarmoğini rivojlantirişga tösqinlik qiladi.
Masalan, 2017 yildan to joriy yilning I yarim yilligiga qadar yöl xöjaligi sohasida 70dan ortiq yöl-qurilişi taşkilotlariga qaraganda, köproq salohiyatga ega bölişigi qaramay, avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş böyiça xususiy taşkilotlar bilan birorta ham şartnoma imzolanmagan.
Bundan taşqari, yöl xöjaligi tarmoğining loyiha ehtiyojlari «Yöl loyiha byurosi» MÇJ davlat loyiha taşkiloti imkoniyatlaridan sezilarli darajada oşgan. Buning natijasida, davlat dasturlari hamda Rahbariyat va Hukumat topşiriqlarida belgilangan işlarni bajarişda köplab asossiz keçikişlar yuzaga kelmoqda. «Yöl loyiha byurosi» MÇJ tomonidan 2017-2018 yillarda 81 kelişuvdan 26tasidagi kelişuv (umumiy miqdorning 32 foizi) majburiyatlarini bajarmasligi natijasida, xususiy loyiha taşkilotlari bilan bitim tuzilgan.













