Jahon | 21:35 / 20.08.2018
6478
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi ilk kvars soati ixtirochisi 100 yoshida vafot etdi

Foto: CC BY-SA 3.0 / CSEM SA /

Dunyodagi ilk kvars soati ixtirochisi Rene Le Kultr 100 yoshida Shveytsariyada vafot etdi. Bu haqda soatsozning oilasiga iqtibos keltirgan holda Arcinfo nashri ma'lum qildi. 

Le Kultr mashhur Jaeger-LeCoultre soatsozlik firmasi asoschisi nabirasi bo‘lgan.

Qo‘lga taqiluvchi kvars soatlarining ilk markasi Beta 1 1967 yilda Shveytsariya xronometriya jamiyati tomonidan o‘tkazilgan aniqlik tanlovida taqdim qilingan.

Le Kultr, shuningdek, Shveytsariya elektronika va mikrotexnika markazi asoschilaridan biri hisoblangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid