Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti dastxati sotuvga qo‘yildi
Foto: aif.ru
Olmaotaliklardan biri internetda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning dastxati sotilishi haqidagi e'lonni joylashtirdi. Nazarboyev 1997 yilda o‘z imzosini qo‘ygan bir varaq qog‘oz uchun 350 ming tanga, ya'ni ming dollarga yaqin pul so‘ralgan.
E'londa ta'kidlanishicha, Nazarboyev bu dastxatni 1997 yilda Olmaotaga tashrifi vaqtida do‘konlardan biriga kirganda ezgu niyatlar bildirgan holda qoldirgan. E'londa dastxatning haqiqiyligi kafolatlanishi, Nazarboyevning imzo qo‘yishi jarayoni suratlari mavjudligi aytilgan.
Ayni vaqtda Nazarboyevning imzosi 1000 tangalik qiymatdagi kupyurada joylashtirilgan. Bundan tashqari, Olmaota va Ostonada sayyohlar tashrif buyuruvchi joylarda Elboshi kaftining bronza nusxasi o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi
19:24 / 03.01.2025
«Siyosiy andishasi bilan ajralib turmagan» - To‘qayev Nazarboyev haqida
16:27 / 03.01.2025