Jahon | 19:57 / 20.08.2018
11563
1 daqiqa o‘qiladi

Kruiz layneridan tushib ketgach dengizda 10 soat qolib ketgan ayol omon qoldi

Buyuk Britaniya fuqarosi, 46 yoshli Key Longstaff ismli ayol AQShning Norvegian Star kruiz layneridan Adriatika dengiziga tushib ketib, dengizda 10 soatcha qolib ketgach, mo‘'jizaviy ravishda omon qoldi. Bu haqda Euronews telekanali xabar berdi.
 

Voqea 19 avgust yarimtunda, Xorvatiya sohillaridan 95 km uzoqlikda yuz bergan. Ayolni ertalab sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati u kemadan tushib ketgan joydan 1300 metr uzoqliqda aniqlagan. Qutqaruvchilarning aytishicha, ayol juda holdan toygan holatda bo‘lgan. U shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlarning ta'kidlashicha, ayolning hayoti xavf ostida emas. 

Foto: HRT Vijesti
Foto: HRT Vijesti

Ayolning aytishicha, u laynerning orqa qismidan tushib ketgan. Voqea tergov qilinmoqda. 

Mavzuga oid