Jahon | 18:35 / 20.08.2018
13605
1 daqiqa o‘qiladi

“Lasetti” avtomashinasi ona-bolaning umriga zomin bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 18 avgust kuni Koson tumanida yashovchi B.X. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasini I.Karimov ko‘chasida joylashgan “Nur med” xususiy klinikasi oldida haydab ketayotib, piyodalar X.T. ismli ayol va birga yashagan qizi M.X.ni urib yuborgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Natijada M.X. jarohat olib voqea joyida va X.T.  19 avgust kuni kasalxonada vafot etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid