Skrinshot hujjat sifatida: raqamli tovarlar bilan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
O‘zbekistonda raqamli tovarlar bilan bitimlarni ro‘yxatga olish tartibi tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan dasturiy mahsulotlar va axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, raqamli mahsulotlar — intellektual mulk obektlarining elektron nusxalari (raqamli tovarlar), shuningdek, elektron axborot muhitida moddiy natijaga ega bo‘lmagan muayyan harakatlar yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish, shu jumladan “bulutli texnologiyalar” xizmatini xarid qilish va unga obuna bo‘lish xizmatlari (raqamli xizmatlar)dir.
Raqamli mahsulotlar importi - xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan raqamli mahsulotlar uchun mutlaq huquqlar yoki raqamli mahsulotlardan foydalanish huquqini O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsiga berish yoxud yuridik yoki jismoniy shaxsning elektron axborot muhitida amalga oshirish joyidan qat'i nazar, muayyan harakatlarni yoki moddiy natijaga ega bo‘lmagan muayyan faoliyatni amalga oshirishi.
Raqamli distributsiya — raqamli mahsulotlarni moddiy tashuvchidan foydalanmagan holda, shu jumladan butunjahon Internet tarmog‘i orqali shaxsiy kompyuterga yoki mobil qurilmaga yuklash (yuklab olish) orqali tarqatish usuli, onlayn xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish yoki obuna bo‘lish va boshqalar.
Moddiy tashuvchi - raqamli mahsulotlarni yaratish, qayd etish, uzatish, qabul qilish, saqlash yoki boshqa tarzda ishlatish uchun qo‘llaniladigan magnit, optik, lazerli yoki boshqa elektron axborot tashuvchisi, skrinshot — shaxsiy kompyuter yoki mobil qurilma ekranining, shu jumladan internet sahifasining tasvirlangan o‘zgarmagan grafik ko‘rinishi.
Raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitimlar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, shu jumladan elektron tijoratda shartnomalar tuzish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan va ma'lumotlarni qayta ishlash uskunalari uchun raqamli mahsulotlarni o‘z ichiga olgan moddiy tashuvchining bojxona qiymatini aniqlashda, baholanayotgan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narxdan dasturiy ta'minotning qiymati va (yoki) axborot moddiy tashuvchining qiymatini ajratish sharti bilan faqat axborot tashuvchining qiymati hisobga olinadi.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:28 / 26.09.2024