Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
22 avgust kuni XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarimiz ro‘yxati
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 22 avgust kunidan o‘rin olgan musobaqalarida hamyurtlarimiz 12 sport turi bo‘yicha bahs olib borishadi.
Musobaqa turlari, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.
Suzish (07:00-10:00, 16:00-18:00)
- A.Kozlyuk. 100 m. Baterflay usulida. Saralashdan – finalgacha;
- V.Mustafin. 100 m. Bras usulida. Saralashdan – finalgacha;
- Yu.Qo‘chqorova. 100 m. Bras usulida. Saralashdan – finalgacha;
- Estafeta. 4 × 100 m. (08:30-09:00)
Qilichbozlik (07:00-15:00, 16:00-18:10)
- R.Aleksandrov, J.Nurmatov, F.Alimov, O.Sokolov. Shpaga jamoaviy. Saralashdan – finalgacha
Taekvondo WTF (07:30-10:30, 12:00-16:00)
- S.Toirov. 63 kg. Saralashdan – finalgacha;
- N.Rafalovich. 80 kg. Saralashdan – finalgacha;
Yunon-rum kurashi (11:00-15:00, 17:00-19:00)
- R.Assakalov. 87 kg. Saralashdan – finalgacha;
- M.Abdullayev. 130 kg. Saralashdan – finalgacha;
- J.Turdiyev. 97 kg. Saralashdan – finalgacha;
- B.Nalgiyev. 77 kg. Saralashdan – finalgacha;
Og‘ir atletika (15:00-17:00)
- Doston Yoqubov. 69 kg. «A» guruh.
Sport gimnastikasi (11:30-13:45)
- A.Fokin, A.Azimov, R.Abdurahimov, X.Abdusamatov, A.Hamroqulov. Brus. Jamoaviy final
Velosport shosse. (07:00-10:00, 11:00-15:00)
- M.Xolmurotov. Yakka (vaqtga)
Slalomda eshkak eshish
- A.Temurgaliyev. Yakkalik S1 (yarim final, final). 07:00-15:00
- A.Bukanov. Yakkalik S1 (yarim final, final). 07:00-15:00
Akademik eshkak eshish
- Sh.Xolmirzayev. Yakkalik M1 × 2000 m. Yarim final. 08:30-10:30
- S.To‘lqinxo‘jayev, A.Turdiyev. Juftlik M2 × 2000 m. Yarim final. 08:30-10:30
- U.Davronov, F.Astanov, A.Muhamadiyev, Sh.Abdujabborov. To‘rttalik M4 × 2000 m. Chorakfinal. 13:30-15:30
O‘q otish (07:00-09:45, 11:30-12:30)
- S.Mamedova, Ye.Kuznetseva. 50 m. Saralashdan finalgacha.
Tennis (08:00)
- D.Istomin, J.Karimov. Yakkalik. 3-raund.
Eslatib o‘tamiz, 21 avgust kuni bo‘lib o‘tgan musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Adhamjon Ergashev ikki urinish yakuniga ko‘ra 298 kg tosh ko‘tardi va bronza medali sohibiga aylandi. Taekvondo WTF musobaqasida Dmitriy Shokin finalda eronlik raqibiga yutqazib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Svetlana Osipova qozog‘istonlik raqibasiga qarshi kechgan yarim final bahsida imkoniyatni boy berib, bronza medaliga ega chiqdi.
Uchinchi kun musobaqalaridan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi jami 10 medal (1+3+6) jamg‘argan holda, umumiy reytingda 11-o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
21:27 / 01.12.2025