O‘zbekiston | 12:35 / 23.08.2018
3105
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Toshkentda. Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Foto: BelNovosti

2018 yilning 22 avgust kuni Belarus Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Maxail Rusiy boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkent shahriga keldi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Belarus delegatsiyasi 22-24 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning oltinchi yig‘ilishida qatnashmoqda.

Yig‘ilishda savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid