Iqtisodiyot | 16:55 / 23.08.2018
15414
1 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rublga nisbatan kursi yil boshidan beri maksimal darajani yangiladi

Foto: 1RRE

AQSh valyutasi rublga nisbatan kursi 2018 yil boshidan buyon maksimal darajada yangilandi va 68,72 rubldan oshdi. Bundan Moskva fond birjasi ma'lumotlari darak beryapti.

Ta'kidlanishicha, dollar kursi 69 kopeykaga oshdi va 68,72 rubllik ko‘rsatkichni tashkil etdi. Shu bilan birga, u 13 avgustda belgilangan va 68,66 rublni tashkil etgan bu yilgi maksimal darajasini yangiladi.

Savdolar boshlanishida rubl yevro va dollarga nisbatan kuchsizlanishda davom etdi.

AQShning yoki joriy qilingan yoki e'lon qilingan sanksiyalari rublga bosim o‘tkazmoqda. Rossiya hukumatining tan olishicha, yaqin 12 oy ichida Rossiya valyutasi zaiflashadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid