Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin prezidenti AQShni tanqid qilib, undan qiruvchilar sotib olishdan bosh tortdi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte F-16 qiruvchi samolyotlarini “mutlaq foydasiz” deb atab, AQShning ularni sotib olish taklifini rad etdi.
“Bizga F-16 kerakmas, biroq ular (AQSh) bizni haqorat qilgandan keyin ham bu masalani ko‘tarishmoqda”, deb aytgan Duterte Davao shahrida harbiylar oldida.
Dutertening aytishicha, Vashingtonning bu ishi Filippin hukumatiga qarshi ko‘plab bayonotlaridan keyin “yarashishga” urinishdek ko‘rinadi.
Duterte Filippinga isyonchilar bilan kurashish uchun F-16 o‘rniga yengil samolyotlar talab qilinishini aytgan. Duterte, shuningdek, Vashington va Manilani do‘stlar deb atash qiyinligini qo‘shimcha qilgan.
“Biz do‘stmiz, biroq shuni anglash kerakki, bu ko‘p yillar avval bizni mustamlaka qilganingiz uchunginadir. Biz bunday do‘stlikka rozi bo‘lmaganmiz”, deb aytgan Filippin prezidenti.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
15:09 / 24.02.2026