Samarqand xalqaro aeroportida yaroqsiz tibbiy uskunalar olib o‘tilishi oldi olindi
Samarqand xalqaro aeroportiga «Domodedovo-Samarqand» yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Q.A. bojxona nazoratidan o‘tayotganida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 39 turdagi umumiy bahosi 10 million so‘mga yaqin tibbiyot uskunalarini yashirib o‘tayotgani ma'lum bo‘ldi.
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar qilishicha, aniqlangan holat yuzasidan bojxona xodimlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» davlat unitar korxonasining xulosasiga ko‘ra daliliy ashyo sifatida olingan 39 turdagi tibbiyotda foydalaniladigan uskunalar fuqaro Q.A. tomonidan qonuniy litsenziyasiz, sifatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi va ularni tashish, saqlash sharoitlariga amal qilinmagani sababli ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, sotish, foydalanish va tibbiy amaliyotga qo‘llashga ruxsat etilmaydi.
Sud fuqaro Q.A.ni qilmishini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud emasligini e'tirof etib, uning muqaddam ma'muriy javobgarlikka tortilmaganini inobatga olib tegishli qaror chiqargan.
Fuqaro Q.A. O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 22722-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, sud O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 33-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinlagan.
Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan tibbiyotda foydalaniladigan uskunalar tegishli tartibda yo‘q qilingan.
«Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan buyon «Samarqand aeroporti» chegara bojxona postida 10218 dona umumiy qiymati 165 million 559 ming so‘mlik tibbiy amaliyotda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan tibbiyot buyumlari hamda dori vositalari olib kirilishi oldi olingan», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024