Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a'zolari moddiy rag‘batlantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan mudofaa vazirining buyrug‘iga asosan xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolariga moddiy yordam puli to‘lanadi.
Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi 2018 yil 28 iyundagi qaroriga ko‘ra, «Vatan fidoiy farzandlarini unutmaydi!» shiori ostida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlarning ijrosini ta'minlash hamda xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xotiralarini yod etish, ularning oila a'zolariga yuksak ehtirom, mehr-muruvvat hamda moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Buyruqqa ko‘ra, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolariga moddiy yordam uchun ajratilgan pul mablag‘lari joylarda mas'ullar tomonidan topshirilmoqda.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026