20:20 / 25.08.2018
10783

Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani prokurori o‘zgardi

Foto: «Kruz.uz»

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani prokurori o‘zgardi, deya xabar bermoqda «Kruz.uz».

Shu vaqtgacha Chimboy tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Murat Arzimbetov nafaqaga chiqqan. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Ruslan Atamuratov tuman prokurori etib tayinlangan.

Ruslan Atamuratov bungacha Qoraqalpog‘iston prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Top