O‘zbekiston | 17:00 / 25.08.2018
4697
4 daqiqa o‘qiladi

Raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitimlarning buxgalteriya hisobi qanday yuritiladi?

Foto: Depositphotos

Vazirlar Mahkamasining 16.08.2018 yildagi 670-son qarori bilan Dasturiy mahsulotlar va axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
 
Norma’ning yozishicha, ushbu Nizomning amal qilishi raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitimlarni amalga oshiradigan O‘zbekistonning barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlariga tatbiq etiladi.
 
Nizomda foydalaniladigan asosiy tushunchalar:
 
raqamli mahsulotlar – intellektual mulk obektlarining elektron nusxalari (raqamli tovarlar), shuningdek elektron axborot muhitida moddiy natijaga ega bo‘lmagan muayyan harakatlar yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish, shu jumladan «bulutli texnologiyalar» xizmatini xarid qilish va unga obuna bo‘lish xizmatlari (raqamli xizmatlar);
 
raqamli distributsiya – raqamli mahsulotlarni moddiy tashuvchidan foydalanmagan holda, shu jumladan butunjahon Internet tarmog‘i orqali shaxsiy kompyuterga yoki mobil qurilmaga yuklash (yuklab olish) orqali tarqatish usuli, onlayn xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish yoki obuna bo‘lish.  
 
Raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitimlarni raqamli distributsiya usullari orqali hujjatli tasdiqlash
 
Bunday bitimlar elektron cheklar, raqamli mahsulotga bo‘lgan huquqni sotib olish kvitansiyalari, xo‘jalik yurituvchi sub'yektning ichki hujjatlari (javobgar shaxs hisoboti, bank ko‘chirmasi, buxgalteriya ma'lumotnomasi) bilan tasdiqlanishi mumkin.
 
Yuridik shaxsga bunday bitimlar bo‘yicha bir tomonlama tartibda, ya'ni ushbu hujjatlarga kontragent mas'ul shaxslarining imzosisiz birlamchi hujjatlar hisobini yuritish huquqi berildi. Ko‘rsatilgan birlamchi hujjatlarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
 
oferta, litsenziya shartnomasining elektron nusxalari; invoys, schyot-faktura yoki kontragentdan elektron xabar shaklida olingan boshqa hujjat nusxalari; elektron to‘lov tizimlaridagi tranzaksiyalar skrinshoti, raqamli tovarni sotib olish to‘g‘risidagi veb-saytdan log-hisobotlar. 
 
Raqamli mahsulotlar eksporti va importining o‘ziga xos xususiyatlari
 
– moddiy tashuvchilarda:
 
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan moddiy tashuvchi orqali olib o‘tiladigan raqamli mahsulotlarning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) turli variantlarda amalga oshirilishi mumkin:
 
– ma'lumotlarni qayta ishlash uskunalari uchun raqamli mahsulotlarni o‘z ichiga olgan moddiy tashuvchining bojxona qiymatini aniqlashda, baholanayotgan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narxdan dasturiy ta'minotning qiymati va (yoki) axborot moddiy tashuvchining qiymatini ajratish sharti bilan faqat axborot tashuvchining qiymati hisobga olinadi;
 
– agar raqamli mahsulot axborot tashuvchi bo‘lmagan tovar tarkibiga kirsa hamda bunday dasturiy ta'minotsiz o‘ziga xos bo‘lgan vazifalarni bajara olmaydigan ushbu tovarning ishlashini ta'minlashga qaratilgan bo‘lsa, raqamli mahsulot qiymati tovar qiymatidan ajratilmaydi.
 
– raqamli distributsiya usullari orqali:
 
Bunday raqamli mahsulotlar bojxonada rasmiylashtirilmaydi.
 
Butunjahon Internet tarmog‘idagi xorijiy elektron savdo maydonchalari orqali eksport qilganda:
 
• xorijiy valyutadagi tushumlar raqamli mahsulot sotilganidan keyin xorijiy onlayn-savdo maydonchasi xizmatlari haqi eksportchining hisobraqamiga chegirib qolingan holda o‘tkaziladi;
• tushumlarning tushish muddatlari xorijiy onlayn-savdo maydonchasi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
 
Raqamli mahsulotlarning buxgalteriya hisobi
 
1. Raqamli mahsulotlarni buyurtma asosida yaratish ishlarini bajarishda:

2. Raqamli mahsulotlarning mutlaq huquqlarining oldi-sotdisi:

3. Raqamli mahsulotlardan foydalanish huquqining oldi-sotdisi:

Raqamli mahsulotlar bilan bog‘liq bitimni amalga oshiruvchi sub'yektlar ushbu Nizom normalariga rioya etmaganlik uchun javob beradilar.
 
Vazirlik va idoralarga o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda qarorga muvofiqlashtirish vazifasi topshirildi.

Mavzuga oid