Zayniddinova yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan şuğullanib kelgan. Uning aytişiça, ehtiyoj sezib elektron imzo olgan va öz kabinetiga kirgan. Buni qarangki, u ikki yil davomida yettita fermer xöjaligida işlab kelayotganini bilib qolgan.

«Qiziq tomoni şundaki, bu haqda menga heç kim xabar bergani yöq. Internet orqali öz kabinetimga qarasam, 2019 yilning oktabr oyida Kattaqörğon tumanidagi bir neça fermer xöjaliklariga işçi sifatida qabul qilingan ekanman. Buning huquqiy oqibatlari haqida öylab, qiziqib kördim. Bildimki, meni uşbu fermer xöjaliklariga Kattaqörğon fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi huzuridagi Fermer xöjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritiş markazi hisobçisi Mamadamin Ğayirov işçi sifatida kiritgan ekan», deydi Gözal Zayniddinova.

Ma'lum bölişiça, Zayniddinova Kattaqörğon tumanidagi «BEKQULOV DAVLATBEK DALASI», «SAYQAL ZAMIN VOHASI», «ABSHUKUR MALOXAT FAYZLI DALASI», «YASHNA NUR DALA», «RUZI MUXAMMAD OXUN-M.L.S», «CHANOQ-Q.SH.S» hamda «MURODOV TEMURBEK DALASI» fermer xöjaliklariga işçi sifatida röyxatga qöyilgan. Mazkur fermer xöjaliklariga 2019-2020 yillarda işga joylaştirilgan va unga oylik yozilgan.

Zayniddinova tomonidan Kun.uz’ga taqdim qilingan daromad ma'lumotnomasiga köra, hisobçi uning nomiga ikki yilda 18 million sömga yaqin daromad yozgan.

Biz Kattaqörğon tumani davlat soliq inspeksiyasi bilan boğlandik. Soliq xodimlari ayni vaqtda Zayniddinovaning STIRi (soliq tölovçining identifikatsion raqami) Kattaqörğon tumanidagi uçta fermer xöjaligida işçi sifatida röyxatda turgani haqida ma'lumot berişdi.

Anglaşiladiki, Gözal Zayniddinova hisobçi Mamadamin Ğayirovdan izoh söragaç, törtta fermer xöjaligining işçiligidan ozod qilingan.

Biz Mamadamin Ğayirov bilan ham telefon orqali boğlandik. U 2019 yil noyabrida öz arizasiga köra işdan böşaganini bildirdi. Aytişiça, u Gözal Zayniddinovani faqat bitta – «MURODOV TEMURBEK DALASI» fermer xöjaligiga işga joylaştirgan. Qolgan fermer xöjaliklarida ham ayolning ism-familiyasi turganiga aloqasi yöqligini ma'lum qildi.

Uşbu holat böyiça Kattaqörğon tumani Fermer xöjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritiş markazi direktori Bobur Murtazoyev haqiqatan ham Ğayirov 2019 yilning 18 noyabrida işdan böşaganini bildirdi. Murtazoyevning aytişiça, öşa vaqtlarda markaz yangi taşkil qilingan bölib, xodimlar uşbu elektron tizimni örganiş jarayonida bölgan ekan.

«2019-2020 yillarda paxta yiğim-terim mavsumida közda tutilmagan xatolik sababli (!) Gözal Zayniddinova (Kattaqörğon şahridan bölgan) Kattaqörğon tumanidagi yuqorida tilga olingan fermer xöjaliklarida terimçi sifatida «Jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği» soliq hisobotida körsatilgan. Ammo uşbu davrda amalda bölgan Soliq kodeksining 179-moddasi 33-bandiga asosan (imtiyoz asosida) daromad soliği hisoblanmagan», dedi markaz rahbari Bobur Murtazoyev.