Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarga köra:

- elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlaştiriladi;

- ayrim sohalarning öziga xos xususiyatidan kelib çiqib, tovar-transport yuk xatini rasmiylaştiriş tartiblari belgilandi.

Bunda, tovar-moddiy boyliklar yuklab jönatiş bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlaştirilgan holda rasmiylaştirilişi mumkin.

Ammo quyidagi hollarda elektron hisobvaraq-faktura bilan elektron tovar-transport yuk xati birlaştirilgan holda rasmiylaştirilmaydi:

- tovarlar transport vositasidan foydalanmagan holda (şu jumladan, jamoat transportidan foydalangan holda) qölda yoki maxsus qurilmalar (arava, eskalator va qonunçilik hujjatlariga köra davlat röyxatidan ötkazilmaydigan boşqa qurilmalar) yordamida taşilganda;

- yuk jönatuvçi tomonidan tovar yuklab jönatiş bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda.