Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. "Napoli" "Milan" ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Foto: Getty Images
Italiya chempionati 2-turining markaziy o‘yinida "Napoli" hamda "Milan" kuch sinashdi. "San-Paolo" stadionida kechgan o‘yin maydon egalarining irodali g‘alabasi bilan yakunlandi – 3:2.
Mezbonlar safida Zelinski dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Mertens tomonidan kiritildi. Mehmonlar tarkibida esa Bonaventura hamda Kalabriya o‘z nomiga bittadan gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Napoli – Milan 3:2 (0:1, 3:1)
Gollar: 0:1 – 15 Bonaventura, 0:2 – 49 Kalabriya, 1:2 – 53 Zelinski, 2:2 – 67 Zelinski, 3:2 – 80 Mertens.
Napoli – Ospina, Kulibali, Mariu Ruy (Luperto, 73), Xyusay, Albiol, Gamshik (Mertens, 63), Allan, Insine, Zelinski (Diavara, 72), Kalexon, Milik.
Milan – Donnarumma, Musakko, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Bonaventura (Kutrone, 81), Bigliya (Bakayoko, 58), Suso, Kessie, Borini (Laksalt, 71), Iguain.
Ogohlantirishlar: Suso (30), Insine (30), Rodriges (66), Kulibali (90).
Mavzuga oid
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
12:10 / 05.01.2025