O‘zbekiston | 20:31 / 26.08.2018
5869
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda ta'lim xodimlarining an'anaviy avgust kengashlari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: KUN.UZ

Andijon viloyatining barcha tumanlarida xalq ta'limi xodimlarining an'anaviy avgust kengashlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishlarda mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish hamda o‘qituvchilik kasbining jamiyatimizdagi nufuzini yanada oshirishga qaratilgan qarorlar  yuzasidan ma'ruzalar qilinmoqda. Pedagoglar o‘tgan yillarda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib,   yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha hisobot bermoqdalar.

Biz Asaka va Andijon tumanlarida bo‘lib o‘tgan mashvaratlarda ishtirok etib yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdik.  

Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi 739ta umumta'lim muassasalarini yangi 2018-2019 o‘quv yiliga tayyorlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Yangi o‘quv yilida umumta'lim maktablariga 535 134 nafar o‘quvchilar jalb etiladi. Ularga 32 837 nafar pedagog xodimlar ta'lim-tarbiya jarayonini olib borishga kirishadilar.

Ushbu o‘quv yilida 54 352 nafar o‘quvchilar 1-sinfga qabul qilinib, ular uchun 12 turdagi Prezident sovg‘alari umumta'lim maktablariga yetkazib berildi.

Barcha umumta'lim maktablarining o‘quvchilari uchun Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yagona forma joriy etildi.

Elmurod Ermatov, Andijon

KUN.UZ muxbiri

Mavzuga oid