Xalqimizda «Qinğir işning qiyiği qirq yildan keyin ham çiqadi», degan purhikmat naql bor. Albatta, buni kimdir teran his qilib, tan olsa, boşqa birov esa, bepisandlik bilan ğayriqonuniy xatti-harakatlardan özini tiyolmaydi.
Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida yaşovçi Inobat Almatova ham ketma-ket sodir etgan jinoyatlari naq 21 yildan söng foş etilganida yuqoridagi naqlning naqadar topib aytilganiga işonç hosil qildi.
1996 yilning 3 yanvar kuni edi. Inobat Almatova poytaxtimizning Mirobod tumani Qöyliq ota köçasi 30-uyga borib, xonadon sohibasi G. Safarova bilan uçraşdi.
— Ismim Guli, özim Ğijduvondanman, — deya tanişişni yolğondan boşladi u. — Qöyliq va Mirobod bozorlariga sotiş uçun guruç olib kelganman. Guruçni sotib bölgunimça uyingizda ijarada tursam, degandim. Iltimos, yöq demang.
Darhaqiqat, öşanda qiş fasli bölgani bois havo juda sovuq edi.
Binobarin, unga rahmi kelib, G.Safarova uyida «Guli»ning yaşab turişiga rozilik berdi. Natijada u ana şu manzilda yaşay boşladi.
Lekin uning asl maqsadi boşqa edi. Ya'ni, u payt poylab, bu uydan biror-bir nimani ömarib ketişni közlar edi.
Oxir-oqibat şunday ham böldi. Oradan ikki kun ötgaç, I. Almatova xonadon egalari uyda yöqligidan foydalanib, bir juft, bahosi 5.000 AQŞ dollariga teng bölgan brilliant közli tilla zirak, narxi 30.000 AQŞ dollarilik 6 karat brilliantli ayollar uzuklari va pul, kiyim-keçak hamda boşqa taqinçoqlardan iborat jami 321 031 100 sömlik mulkni öğirlab ketadi.
Biroq Inobat özining eng qabih rejalarini şundan söng amalga oşiradi.
Avvaliga u turmuş örtoği T.Misirovning jiyani S. Sattorov va tergovda şaxsi aniqlanmagan «Guli» ismli ayol bilan yolğiz yaşovçi keksalarni gumdon qilib, ularning mol-mulkini egallaş rejasini tuzadi. Söng uçovlon 1996 yil 16 aprel kuni Mirobod tumani Elektrotexnika 1-tor köçasi, 12-uyga kelişadi.
— Toşkentga zarur iş bilan kelgandik, qolişga joyimiz yöq. Işimiz bitgunça uyingizdan joy bersangiz, haqini tölaymiz, — deb rus tilida murojaat qildi I.Almatova şu uyda yaşovçi 75 yoşli Mariya Şişkinaga.
Albatta, ijara evaziga bölgani uçun M.Şişkina uning sözlariga şubha qilmay, hamrohlari bilan birga uyiga kiritdi. Biroq öşa damda ayol bu şaxslarning asl maqsadini, aniqroği, şu şaxslar özining umriga zomin bölişini qayoqdan bilardi, deysiz?












