Jahon | 01:36 / 26.08.2018
4523
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyada avtobus ishtirokidagi avtohalokat 15 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: AFP 2018 / Valentina Petrova

Bolgariyaning Iskir darasida avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sofia Globe ma'lum qildi

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Oqibatda avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan. Avtobus, shuningdek, boshqa bir nechta avtomobil bilan ham to‘qnashgan bo‘lishi mumkin. 

Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar. Ta'kidlanishicha, ulardan ba'zilarining ahvoli og‘ir.

Mamlakat bosh vaziri Boyko Borisov avtohalokat munosabati bilan mamlakatda 27 avgust kuni motam e'lon qilinishini ma'lum qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid