Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston 130 dan ko‘proq harbiy vertolyot sotib olmoqchi
Foto: Getty Images
Hindiston hukumati va mudofaa vazirligi mamlakat harbiy-dengiz kuchlari uchun 134 ta ko‘p maqsadli va kemalarga qarshi vertolyotlar sotib olishni ma'qulladi.
NDTV telekanalining ma'lum qilishicha, Hindiston suv osti kemalariga qarshi kurash uchun AQShdan 24 ta MH-60R vertolyotini sotib oladi, shartnoma qiymati 1,8 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Umum foydalanishga mo‘ljallangan 111 ta vertolyotni kim yetkazib berishi bo‘yicha bir qarorga kelinmagan, mamlakat hukumati yaqin orada uni tanlab oladi. Ushbu vertolyotlarni yetkazib beruvchi kompaniya hind kompaniyasi bilan qo‘shma ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolashi lozim. Ilk 16 ta vertolyot tayyor holatda yetkazib berilishi, qolgan 95 tasi esa mahalliy kompaniyalar ishtirokida Hindistonning o‘zida yig‘ilishi lozim. Shartnoma qiymati 3 mlrd dollarga yaqinni tashkil qilishi rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda Hindistonga Rossiya (Ka-226T vertolyoti), AQShning Bell Helicopter va Yevropaning Airbus kompaniyalari o‘z vertolyotlarini taklif qilmoqda.
Mavzuga oid
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026