O‘zbekiston | 18:18 / 27.08.2018
2960
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston - Qozog‘iston siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi

Foto: Tengrinews

2018 yilning 28 avgust kuni Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘alimjan Qoyshibayev boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi. 

Tadbir chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, mintaqaviy hamkorlik hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarga oid masalalari ko‘rib chiqiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid