O‘zbekiston | 15:03 / 28.08.2018
19473
3 daqiqa o‘qiladi

Bir guruh o‘qituvchilarga “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi

Joriy yilning 24 va 25 avgust kunlari Toshkent shahri Sergeli tumani xalq ta'limi bo‘limi tomonidan an'anaviy Avgust kengashi tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ta'lim muassasalari rahbarlarining mas'uliyatini va tashabbuskorligini, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati va mahoratlarini oshirish hamda yangi o‘quv yilidagi eng muhim ustuvor vazifalarni belgilab olish bo‘ldi.

Tuman xalq ta'limi bo‘limi tomonidan an'anaviy Avgust kengashi fan yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘'ba yig‘ilishlar hamda yalpi yig‘ilish tarzida tashkil qilindi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati

An'anaviy Avgust kengashi 24 avgust kuni tumandagi 7, 8, 47, 284, 300, 317-sonli umumta'lim maktablarida fan o‘qituvchilari uchun, 322-sonli umumta'lim maktabida esa maktab direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, Yoshlar yetakchilari, psixologlar, logopedlar,  kutubxonachilar uchun sho‘'ba yig‘ilishlari o‘tkazildi. 25 avgust kuni esa tumandagi 55-sonli umumta'lim maktabining faollar zalida an'anaviy Avgust kengashining yalpi yig‘ilishi tashkil etildi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati

Anjumanga Xalq ta'limi vazirligi, Respublika ta'lim markazi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi, tuman hokimiyati va turli tashkilotlardan mehmonlar hamda barcha umumta'lim maktablarining direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, ilg‘or va ijodkor o‘qituvchilar  taklif qilindi.

An'anaviy Avgust kengashining yalpi yig‘ilishida bir guruh mutaxassislar Xalq ta'limi tizimidagi samarali mehnati, “Ta'lim to‘g‘risida”gi  qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni hayotga tatbiq qilish, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va qadriyatlar ruhida tarbiyalashda erishgan muvaffaqiyatlari uchun, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni hamda faxriy yorlig‘i, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi, Sergeli tumani hokimiyati, Sergeli tumani xalq ta'limi bo‘limi hamda ta'lim fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sergeli tuman kengashining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Mavzuga oid