Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura Sergelidagi yotoqxonalar bo‘yicha yangi ma'lumot berdi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yashash sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan 2ta yotoqxonada yashovchi fuqarolarning murojaati bo‘yicha ularning yashash joyiga mulk huquqini berish masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktabrdagi farmoyishiga muvofiq, Sergeli tumani, Sputnik-4 mavzesi, 50-uyda joylashgan 2-sonli yotoqxona va Sergeli tumani, Quruvchilar mavzesi, 32-uyda joylashgan 3-sonli yotoqxona Toshkent shahar hokimligiga tasarruf etish huquqisiz o‘tkazilgan.
Ushbu yotoqxonalardagi xonadonlar soni 134tani tashkil etib, hozirda ularda 423 nafar fuqarolar istiqomat qilib kelmoqda.
Mutaxassislar tomonidan yuqoridagi yotoqxonalar o‘rganilib, ularni turar joy toifasiga o‘tkazish mumkinligi haqida xulosalar berildi.
Shu munosabat bilan Bosh prokuratura tomonidan yotoqxonalardagi xonadonlarni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ta'minlandi. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 avgustdagi farmoyishi qabul qilinib, unga ko‘ra mazkur yotoqxonalar ularda uzoq yillar davomida istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar manfaatida mulk huquqini belgilash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish uchun Toshkent shahar hokimligiga tasarruf etish huquqi bilan o‘tkazildi.
O‘z navbatida, Toshkent shahar hokimligi va Sergeli tuman hokimligining tegishli qarorlari qabul qilinib, ularga asosan yotoqxonalarning toifasi turar joyga o‘zgartirildi va ularda uzoq yillar davomida yashayotgan fuqarolarga xonadonlarni xususiylashtirish imkoni paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:23 / 14.01.2026
Maxsus komissiya Yangihayot va Sergeli tumanlarida ekologik reyd o‘tkazdi
19:38 / 04.12.2025
Andijon tibbiyot instituti talabalariga ijara kompensatsiyasi nega bekor qilindi?
12:14 / 18.11.2025
Sergeli tumanida Salar kanali ustidan yangi ko‘prik quriladi
12:21 / 31.10.2025