Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalar turar joylari sotuvga qöyilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qildi.

Vazirlikning ta’kidlaşiça, ommaviy savdoga talabalar yaşaydigan xonalar emas, balki talabalar turar joylari tarkibidagi böş turgan yertöla, hovli qismi, oşxona, bufet hamda yotoq joy sifatida foydalanilmaydigan boşqa yordamçi maydonlarni ijaraga beriş uçun obektlar qöyilgan.

Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Farğona davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Urganç davlat universiteti, Farğona davlat texnika universiteti va Termiz davlat universitetidagi ayrim böş maydonlar ommaviy savdolar orqali ijaraga beriş uçun joylaştirilgan. Mazkur obektlar talabalar yaşaydigan xonalar hisoblanmaydi va yotoqxonalardagi örinlar soni qisqarişiga sabab bölmaydi.

Şuningdek, Özbekiston milliy pedagogika universitetining talabalar turar joyi sotuvga qöyilgani haqidagi xabarlarga ham izoh berildi. Qayd etilişiça, mazkur obekt 2025 yilgi xususiylaştiriş dasturi doirasida ommaviy savdoga çiqarilgan bölib, universitetning mavjud binolari faqat Yangi Toşkentda barpo etilayotgan zamonaviy kampus töliq qurilib, foydalanişga topşirilganidan keyin böşatilişi şarti bilan xususiylaştiriladi.

Vazirlik ma’lumotiga köra, yangi kampusda zamonaviy öquv binolari va 5 ming örinli talabalar turar joylari qurilmoqda. Loyiha universitetning budjetdan taşqari mablağlari hamda xususiylaştirişdan tuşadigan mablağlar hisobidan amalga oşirilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2025 yilda davlat-xususiy şeriklik asosida rejalaştirilgan 8 ming örin örniga jami 11 084 örinli talabalar turar joylari taşkil etilgan. 2022–2025 yillar davomida esa respublika böyiça 74,1 ming örinli yangi yotoqxonalar yaratilgan.

Ayni paytda respublikada qöşimça 38,5 ming örinli talabalar turar joylarini barpo etiş loyihalari amalga oşirilmoqda. Şundan 30,7 ming örinli obektlarda quriliş işlari davom etmoqda. Şuningdek, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki kömagida davlat-xususiy şeriklik asosida yana 10 ming örinli talabalar turar joylarini quriş rejalaştirilgan.

Vazirlik 2026 yil davomida respublika böyiça yana 12 110 örinli yangi talabalar turar joylarini foydalanişga topşiriş rejalaştirilganini ham ma’lum qildi.