Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlari. Muhsin Hisomiddinov finalga chiqdi, u To‘rayevni yenggan eronlik bilan kurashadi
O‘zbekiston kurash jamoasining +90 kg vazn toifasidagi vakili Muhsin Hisomiddinov yarim finalda afg‘onistonlik Mansur Sarvari ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi - 10:0.
Shu vazn toifasidagi yana bir o‘zbekistonlik kurashchi Nurbek To‘rayev esa yarim finalda Jafar Pahlavoniyjagarh bilan bellashdi. Kurashda yakuniy natija 10:10 ko‘rinishini oldi, ammo hakamlar faollik evaziga g‘alabani eronlik sportchiga berishdi.
Endi finalda Muhsin Hisomiddinov eronlik kurashchi bilan oltin medal uchun bellashadi.
Yarim finalgacha yetib kelgan Nurbek To‘rayevga esa bronza medali topshiriladi.

Mavzuga oid
18:35 / 20.01.2026
Yil yakuniga qadar har bir tuman va shahardagi maktabda kurash klubi ochiladi
17:06 / 27.09.2025
Rossiyalik kurashchi Xadarsevga O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tishga ruxsat berilmadi
16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi
12:22 / 23.12.2024