Tadbirkor Salim Abduvaliyev Özbekiston sport kuraşlari assosiatsiyasi raisi lavozimini tark etgan. Bugun, 14 yanvar kuni taşkilotning yangi rahbari e’lon qilindi.

Navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasida Özbekiston boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev Sport kuraşlari assosiatsiyasi rahbari lavozimiga saylandi.

Ma’lumot uçun, Yöldoşev 2019 yildan buyon Boş prokuratura bilan birga, Kuraş federatsiyasini ham boşqarib kelmoqda.

Kuni keça Sport kuraşlari assosiatsiyasining sobiq raisi Salim Abduvaliyev salomatligidagi muammolar tufayli ozodlikka çiqqani ma’lum bölgandi.

74 yoşli tadbirkor 2023 yil dekabr oyida qölga olinib, 2024 yil mart oyida öqotar qurolning qonunga xilof muomalasida ayblanib 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Abduvaliyev 2017 yil yanvar oyidan Milliy olimpiya qömitasi raisi örinbosari lavozimida ham işlagan, bu lavozimidan ötgan yili ozod etilgandi.

Avvalroq, mudofaa vaziri Şuhrat Xolmuhammedov Öq otiş sporti federatsiyasi raisi lavozimiga saylangan edi.