Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan Mudofaa vazirligi sport klubi a'zolari tantanali kutib olindi
28 avgust kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sha'nini himoya qilgan Mudofaa vazirligi sport klubi taekvondochilari tantana bilan kutib olindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida taekvondo sport turi bo‘yicha Mudofaa vazirligi Sport klubi a'zosi Nikita Rafalovich (-80 kg vazn toifasida) oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Dmitriy Shokin (+80 kg) va Niyoz Po‘latov (-58 kg vazn toifasida) esa bu safar kumush medalga loyiq topildi.
Shuningdek, -67 kg vazn toifasida yana bir armiya sportchisi Nigora Tursunqulova yarim finalga qadar yetib borib, final yo‘llanmasi uchun Janubiy koreyalik Kim Jandiga qarshi jang olib bordi va mag‘lubiyatga uchrab, bronza medaliga egalik qildi.
Tantanali kutib olish marosimida Mudofaa vazirligi cport klubi mas'ul ofitserlari, sport federatsiyalari vakillari, sportchi yoshlar hamda g‘olib va sovrindorlarning oila a'zolari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri jamoasi o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan tantanaga bayramona tus bag‘ishladi.
Ta'kidlash joizki, XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida Mudofaa vazirligi sport klubining 50 nafar sportchisi sportning 11 turi bo‘yicha, xususan, jiu-jitsu, kurash, boks, taekvondo, yengil atletika, kanoe va baydarkada eshkak eshish, og‘ir atletika, dzyudo, otish, tennis, trampolin kabi sport turlari bo‘yicha qatnashmoqda. Ulardan kurashchi Ma'ruf G‘aybullayev bugun, 28 avgust kuni mamlakatimiz terma jamoasiga navbatdagi oltin medalini olib keldi.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
18:36 / 13.01.2026
Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
22:44 / 14.12.2025